Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 346²-modda

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish mazkur shaxslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish Oʻzbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan boʻlsa, chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan chiqarib yuborish toʻgʻrisida mazkur shaxs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar Oʻzbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, xabardor qilinadi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.