Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qoʻygan joylarda qamoqda saqlanadilar. Maʼmuriy qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish chogʻida qamoqqa olinganlar shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddati maʼmuriy qamoq muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Maʼmuriy qamoqni oʻtash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar jismoniy ishlarda foydalaniladi.
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar) hokimliklariga yuklatiladi.
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga qamoqda boʻlgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan ish haqi toʻlanmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish