Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini hisoblash
Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.
Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati oʻtgach, shuningdek bu muddat ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq qisqartirilgan taqdirda, shunday maʼmuriy jazo chorasiga tortilgan shaxsga undan olib qoʻyilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qoʻyilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish