Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 341-modda

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish tartibi

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qoʻyish yoʻli bilan ijro etiladi.

Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan boʻlsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qoʻyiladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qoʻyish tartibi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.