Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 340-modda

Maxsus huquqdan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlar

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida koʻrsatib oʻtilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 249¹-moddasining beshinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Kema haydovchilarini kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 254¹-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ov qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib oʻtilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.