Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 314-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha sudning qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV¹ bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish