Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti):
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qarorlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;
2) hududiy harbiy sudlarning qarorlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatlari (protestlari) qaror chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni qaror chiqargan sudga ushbu Kodeksning 324¹-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish