Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 336-modda
Narsani haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish
Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi.
Qurolni va uning oʻq-dorilarini haqini toʻlab olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.
Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu Kodeksning 26-moddasiga muvofiq olib qoʻyilgan narsalarni sotish xarajatlarini chegirib qolib, shu narsalarning sobiq egasiga topshiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish