Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324-modda

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi toʻlab olib qoʻyilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab boʻladi. Narsani qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun moʻljallangan boʻlsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.

Fuqaroni maʼmuriy qamoqqa olish gʻayriqonuniy ravishda qoʻllanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.