Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 318-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini toʻxtatib turish
Belgilangan muddatda shikoyat berish maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini shikoyat koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turadi, maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.
Prokurorning protest bildirishi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish