Sud qarori
Sud qarorining kirish qismida:
qaror chiqarilgan vaqt va joy;
qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashgʻulotining turi, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 313⁴-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida koʻrsatilgan boshqa asoslar boʻyicha tugatish haqidagi, maʼmuriy jazoning qoʻllanilishi toʻgʻrisida yoxud uni maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatgan organga yuborish haqidagi;
ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi;
zararning oʻrnini qoplash haqidagi.
Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish