Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 313²-modda

Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza

Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv toʻgʻrisidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan koʻrib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.

Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Agar yarashuv haqidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi.

Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.

Arizani qabul qilish chogʻida vakolatli organ (mansabdor shaxs) va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.