Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 312-modda

Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish

Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki oʻqib turgan joydagi maʼmuriyat eʼtiboriga yetkazadi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning eʼtiboriga yetkazadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.