Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 271-modda

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:

1) maʼmuriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yoʻq boʻlsa;

2) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs oʻn olti yoshga toʻlmagan boʻlsa;

3) gʻayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso boʻlsa;

4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan boʻlsa;

4¹) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilgan boʻlsa;

5) amnistiya akti chiqishi, agar u maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishni bekor qilsa;

6) maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan boʻlsa;

7) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtib ketgan boʻlsa;

8) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan boʻlsa yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan boʻlsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa;

8¹) ish yuritish jabrlanuvchining arizasiga koʻra yuritiladigan hollarda uning arizasi mavjud boʻlmasa, bundan ushbu Kodeks 269³-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;

9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan boʻlsa;

10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan boʻlsa;

10¹) huquqbuzar ushbu Kodeksning 21²-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa;

11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 174¹-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida, 175¹-moddasining birinchi qismida, 175³, 175⁴-moddalarida, 175⁵-moddasining birinchi qismida, 176² — 176⁴-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 177¹-moddasining birinchi qismida, 177²-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 178¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179⁴-moddasining birinchi qismida, 179⁵-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 215¹-moddasining birinchi qismida, 227⁸-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida, 227¹⁴-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227¹⁵-moddasining birinchi qismida, 227¹⁶-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 227¹⁸-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227¹⁹-moddasining birinchi qismida, 227²¹-moddasida, 227²²-moddasining birinchi qismida, 227²³-moddasining birinchi qismida, 227²⁴, 227²⁵ va 227²⁶-moddalarida, 227²⁷-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar mustasno.

11¹) ushbu Kodeks 70¹-moddasining birinchi qismida, 72-moddasining birinchi qismida (suvlarni ifloslantirish, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 85-moddasining birinchi qismida (ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlashga oid qismida), 85¹-moddasining birinchi qismida, 88-moddasining beshinchi qismida, 91-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar yuridik shaxsning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan hamda bu atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblanishiga olib kelgan hollarda, yuridik shaxsga nisbatan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan boʻlsa;

12) yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda, transport vositasining mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa;

13) agar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan boʻlsa.

14) agar soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi uch oy ichida soliq hisobotlari oʻz vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi besh ish kunidan oshmagan boʻlsa.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.