Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish muddatlari
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish mazkur ishni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹, 170, 180, 181, 183, 187, 194, 194¹, 196¹-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar bir sutka mobaynida koʻrib chiqiladi, ushbu Kodeksning 47-moddasida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197⁵, 197⁷, 201, 202, 203, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan ishlar — uch sutka ichida, ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan ishlar esa — besh sutka ichida koʻrib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasi birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar, ular chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ish maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish