Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini qoʻllash orqali olingan materiallar ilova qilingan holda mazkur qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida soliq toʻlovchining (huquqbuzarning) shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qarorning raqami; qaror chiqarilgan sana va joy; qarorni chiqargan organning nomi, mansabdor shaxsning lavozimi hamda familiyasi, ismi, otasining ismi; soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami; maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va huquqbuzarlikning tavsifi; ushbu Kodeks Maxsus qismining sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi; tayinlangan jarima va uni toʻlash tartibi; jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish