Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan hollarda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari boʻyicha jarima solish haqidagi qaror maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida huquqbuzarga elektron shaklda yuboriladi yoki qogʻoz shaklida topshiriladi yoxud pochta orqali topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) vaqt, joy va holatlar, ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi ushbu moddaning qismi koʻrsatilgan holda; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani toʻlash tartibi va muddatlari, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berishning protsessual tartibi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish