Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 309¹-modda

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha jarima solish toʻgʻrisidagi qaror maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qogʻozdagi hujjatga aylantirish yoʻli bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida buyurtma pochta joʻnatmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi koʻrsatilgan holda; maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani toʻlash tartibi va muddatlari, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish toʻgʻrisidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.