Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish tartibi
Ishni koʻrib chiqish shu ishni koʻruvchi organning tarkibini eʼlon qilish yoki mansabdor shaxsni tanishtirishdan boshlanadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
Ishni koʻrib chiquvchi organning majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish koʻrib chiqilishi lozimligini, maʼmuriy javobgarlikka kim tortilayotganligini eʼlon qiladi, ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani oʻqib eshittiradi. Majlisda ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaxslarning soʻzlari eshitiladi, keltirilgan dalillar oʻrganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni koʻrib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda uning xulosasi oʻqib eshittiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish