Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 304-modda

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish joyi

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda koʻrib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 119, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyxatga olingan joyda koʻrib chiqilishi ham mumkin.

Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqiladi.

Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boshqa joyda koʻrib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.