Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarning qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlari
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ularning qilgan xarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sifatida chaqirilgan shaxslarning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ular ishda boʻlmagan vaqtda oʻz ish joyidagi maoshi belgilangan tartibda saqlanadi.
Ekspert, mutaxassis va tarjimon xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollardan tashqari, oʻzining vazifalarini bajarganligi uchun mukofotlanish huquqiga egadir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish