Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 299-modda

Ekspert

Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.

Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.

Ekspert maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan maxsus bilimlarga zarurat tugʻilgan hollarda tayinlanadi.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.

Ekspert: maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) ruxsati bilan ishni koʻrib chiqishda hozir boʻlish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillarni va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.

Ekspert: oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda tartibga rioya qilishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.