Advokat
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin.
Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish