Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 296-modda

Qonuniy vakillar

Voyaga yetmagan yoki oʻzining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy holatining buzilganligi sababli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan oʻz huquqini oʻzi amalga oshirolmaydigan — maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslarning qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar.

Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini oʻzlari ifoda etayotgan shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.