Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 295-modda

Jabrlanuvchi

Maʼmuriy huquqbuzarlik yoʻli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs jabrlanuvchi deb topiladi.

Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, koʻrsatuvlar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni koʻrib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oʻz ona tilida soʻzlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.