Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 290-modda

Ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish hamda xatlash

Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish yoki ashyolarini koʻzdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar ushbu Kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qoʻyiladi. Olib qoʻyilgan ashyo va hujjatlar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish koʻrib boʻlinganidan keyin esa, uni koʻrib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yoʻq qilib yuboriladi, ashyolar haq toʻlab olib qoʻyilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi.

Adliya organlari tomonidan ashyolarni koʻzdan kechirish vaqtida (intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda) aniqlangan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar xatlanadi.

Olib qoʻyilgan orden, medal, faxriy unvonning koʻkrakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi nomaʼlum boʻlsa, unda tegishli organga joʻnatiladi.

Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmasa, jarima undirilishini taʼminlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qoʻyilishi mumkin.

Ashyo va hujjatlar olib qoʻyilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni koʻzdan kechirib chiqish yoki maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida maʼmuriy jazo qoʻllanilishi mumkin boʻlsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qoʻyiladi va bu haqda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qoʻyilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi.

Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksning 185, 220, 220¹ va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish koʻrib chiqilguniga qadar qurolni va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyishga haqli boʻlib, bu haqda olib qoʻyilayotgan qurolning markasi yoki modeli, kalibri, turkumi va raqami, oʻq-dorilarning miqdori va turi koʻrsatilgan holda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.

Oʻz xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qoʻyish, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirib chiqish juda zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.