Shaxsni koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish
Shaxsni koʻrikdan oʻtkazish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining, havo transportining, bojxona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining vakolatli shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati boʻlgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsni koʻrikdan oʻtkazish koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda boʻlgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ashyolarni koʻzdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining, havo transportining, bojxona organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining, soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining, adliya organlarining (intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda), Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek tegishli vakolati boʻlgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qoʻlga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni koʻzdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida boʻlsa, oʻsha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham koʻzdan kechirib chiqilishi mumkin.
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga yoxud maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish toʻgʻrisidagi bayonnomaga tegishincha yozib qoʻyiladi.
Bojxona muassasalarida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish bojxonaga doir qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish