Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 286-modda

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari koʻrsatiladi.

Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qoʻyiladi.

Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga koʻra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urugʻlari, advokat, ish yoki oʻqish joyidagi maʼmuriyat xabardor qilib qoʻyiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.