Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 287-modda

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qoʻyilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:

1) ushbu Kodeksning 47⁴, 47⁵, 51², 51⁸, 51⁹, 54, 56-moddalarida, 56¹-moddasida (jamoat transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 61-moddalarida, 61¹-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70¹, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116¹, 116², 116³, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida, 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 188⁴, 189, 189¹, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 202¹, 203, 204, 205, 209, 209¹, 210-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 225¹, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;

2) ushbu Kodeksning 184², 184³, 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasi birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan;

3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qoʻriqlanadigan obyekt joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining katta mansabdor shaxsi tomonidan;

4) Qurolli Kuchlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138 -moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;

5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;

6) ushbu Kodeksning 90¹, 184², 184³, 185¹, 189, 189¹, 198, 227, 227¹ — 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan;

7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan;

8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud oʻzgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 165¹-moddasida, 166-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 186¹, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;

9) ushbu Kodeksning 54, 61, 63, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 184², 184³, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 189, 189¹, 191, 192, 194¹, 195¹, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.