Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati
Prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan:
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga;
ish materiallari bilan tanishib chiqishga;
ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga;
ishni koʻrib chiqishda qatnashishga;
ishni koʻrib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga;
maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) taʼsir koʻrsatish choralarini toʻgʻri qoʻllanganligini tekshirishga;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga;
qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish