Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 219¹-modda
Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish, —
rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish