Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 215⁷-modda

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik (bundan ushbu Kodeksning 175⁷ va 229-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), jumladan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilgan maʼlumotlarni eʼlon qilmaganlik yoki toʻliq eʼlon qilmaganlik, eʼlon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatganlik, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.