Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 215³-modda

Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibini buzish

Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida qonunchilikka muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibining koʻrsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib koʻrsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.