Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlikda yoki oʻz vaqtida bajarmaganlikda, maʼlumotlar bazasiga kirishga ruxsat bermaganlikda va axborot taqdim etmaganlikda, bila turib notoʻgʻri maʼlumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamda uning mansabdor shaxslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir koʻrsatganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish