Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 215¹-modda
Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish
Korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni mansabdor shaxslar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish