Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish xuddi shuningdek diniy tashkilotning oʻz ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanishi yoki tadbir oʻtkazishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish