Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish
Mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish