Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 239-modda

Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyatni amalga oshirishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqaroligi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan xodimlarining, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqaroligi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishi, xuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va bunday tashkilotlarni tuzishni qoʻllab-quvvatlashi, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan siyosiy partiyalar mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar oʻtkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya etmaslik yoki qonunchilikda taqiqlangan tadbirlar oʻtkazish, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari oʻtkazayotgan tadbirlarga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning roziligisiz pul mablagʻlari va mol-mulk olishi yoxud ushbu manbalardan olingan pul mablagʻlaridan va mol-mulkdan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ushbu manbalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan loyihaning natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni belgilangan tartibda eʼlon qilmasligi, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etmasligi, oʻz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.