Harbiy hisobdan oʻtish qoidalarini buzish
Fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan oʻtish uchun chaqiruv boʻyicha uzrli sabablarsiz kelmaganligi —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning harbiy roʻyxatdan oʻtish qoidalarini buzishi, shuningdek chaqiruv boʻyicha mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi yoki turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayerda harbiy hisobda turgan boʻlsa, shu organga oʻz vaqtida maʼlum qilmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish