Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 234-modda

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilmaganlik

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaxslari nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, nogironlik guruhidan qatʼi nazar, mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaxslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi oʻzgarishlarga oid, ularning tugʻilgan sanasi va joyi toʻgʻrisida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilmaganligi —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.