Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 212-modda

Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik

Xoʻjalik faoliyati subyektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi;

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.