Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish, yaʼni tegishli ruxsatnomasiz oʻta muhim va toifalangan obyektlarga shaxsning oʻzboshimchalik bilan kirishi, ushbu obyektlarda transport vositalarining harakatlanishi yoki mol-mulkning joyini oʻzgartirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish