Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 205-modda

Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish

Favqulodda holat eʼlon qilingan joylarda mish-mishlar tarqatish va huquq-tartibotni buzishga undovchi yoki milliy adovatni avj oldiruvchi boshqa harakatlar, fuqarolar va mansabdor shaxslarning oʻz qonuniy huquqlari va burchlarini amalga oshirishlariga faol toʻsqinlik qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimining, harbiy xizmatchi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan boshqa shaxslarning qonuniy farmoyishi yoki talabiga qasddan boʻysunmaslik yoxud jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga oʻxshash harakatlar yoki maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻttiz sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.