Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 192¹-modda

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻyxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.