Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:
ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;
toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki taʼsis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs tushuniladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish