Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlar hamda senatorlar oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga ataylab soxta maʼlumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan parlament soʻrovini, deputat, senator soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni qasddan taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish