Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 188²-modda

Voyaga yetmagan shaxsning koʻngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyish

Restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa koʻngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa masʼul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz koʻrsatilgan muassasalarda boʻlishiga yoʻl qoʻyish —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.