Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 187-modda

Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish

Ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish, bundan toʻylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari mustasno, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.