Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 187¹-modda

Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish

Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish, bundan retsept asosida tibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish mustasno, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.