Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 198⁴-modda
Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik
Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmaslik, bundan ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish